avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

"Mening bobom, buvim - mahallamiz faxri"

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani 
         XTMFMTTEBga qarashli 
 9-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi 
8-sinf o`quvchisi Sayfiddinova Saodatning    
 “Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri” mavzusida yozgan
  INSHOSI                
                                    Reja:
 1.Keksalar – oilamiz farishtasi. 
2.Keksalar duoga qo`l ochganda… 
3.Bobom va buvim bilan faxrlanaman. 
4.So`nggi so`z o`rnida. 
  Odatda qariyasi bor xonadonni fayzli oila, uyida qari onasi va otasi bor kishini eng badavlat kishi deyishadi. Xalqimizning “Qarisi bor uyning -parisi bor”, degan hikmatli so`zlarida o`zining qisqa va lo`nda ifodasini topgan deyish  mumkin.
 Haqiqatdan ham har bir xonadonning fayzi keksalar ekanligi hammaga ma’lum.
Prezidentimiz I.A.Karimov bu yilni ”Keksalarni e`zozlash yili “ deb atashi bejiz emas, albatta.
Keksalarni o`zi, har bir so`zi, bosib o`tgan yo`li biz uchun ibrat maktabi deb, ayta olaman.
  Islom dini ham qariyalarni hurmat qilishga, ularning izzat-ikromini o`rniga qo`yishga buyuradi.
  Keksalar duosi oltinga teng. Chunki xalqda “Oltin olma, duo ol”, deyishi bejiz emas.Keksalarni duosini olgan har kim kam bo`lmaydi. Shunung uchun keksalar juda qadrli. Ularning har bir so`zi bir hikmatdir.
  Ular duoga qo`l ochganda butun dunyo tinglaydi, jonli narsalar kuch oladi, olam yashnaydi, qalblar taskin topadi, ishlar baravaridan keladi. Duoning xosiyati beqiyosdir. Men keksalar duosini shunday qiyoslayman.
  Bobom va buvim mening faxrim. Ular oilamiz farishtasi. Ular so`zlaganda gullar yashnaydi, uyimiz fayzga, nurga to`ladi. Shunday ekan mahallamiz, uyimiz ko`rki bo`lmish bobolar va momolar sog` bo`lsin.
  Hozirgi kunda qishloqlarda, mahalla yig`ilishlarida bobo-buvilarimiz o`gitlari barcha uchun ibrat makta-bi  bo`lmoqda desam xato bo`lmaydi.
  Ota-onamiz bizni go`daklik paytimizdan orzu-havaslar bilan boqib katta qilashadi. Ular keksayib, go`dakdek ojiz, yordamga muhtoj bo`lib qolgan paytlarida esa xizmatlarini qilib, duolarini olib qolsak, hayotda baxtli yashab, Yaratganning marhamatiga erishgan bo`lamiz.
 
Maktab telefoni:     +998696321017